Samarqandda bolalar uchun shaxmat kursi
Shaxmat — bolaga oldindan o'ylashni o'rgatadigan eng qadimiy mashq. Parvozda uni noldan boshlaymiz: qoidalardan turnir partiyasigacha, har hafta esa musobaqada bilimini sinab ko'radi.
Farzandingiz nimani o'rganadi?
Noldan boshlaymiz — hech qanday oldingi bilim talab qilinmaydi.
Markazni egallash, donalarni rivojlantirish, rokirovka — partiyaning to'g'ri boshlanishi.
Vilka, bog'lash, ikki tomonlama hujum va mot kombinatsiyalarini ko'ra olish.
Shoh va piyoda, ruh bilan mot — partiyani oxirigacha aniq olib borish.
Reja tuzish: shunchaki yurish emas, maqsad bilan o'ynash.
Soat bilan o'ynash, partiyani yozib borish, yutqazishni ham to'g'ri qabul qilish.
Shaxmat kursi nima uchun kerak?
Bola yurishdan oldin o'ylashni — hayotda ham juda asqotadigan odatni egallaydi.
Har yurishning oqibatini hisoblash: sabab va natija bog'lanishi mustahkamlanadi.
Kombinatsiya va debyut sxemalarini eslab qolish xotirani o'stiradi.
Musobaqa kuni oldindan e'lon qilinadi — bilim real o'yinda sinaladi, g'alaba ham, xato ham ustoz.
Narx va jadval
(Gelion chorrahasi, Mone Café ro'parasida)