Samarqandda bolalar uchun robototexnika kursi
Bola o'z qo'li bilan yig'gan robot harakatga kelganda โ bu shunchaki dars emas, muhandis bo'lib o'sishning birinchi qadami. Parvozda robototexnikani g'oyadan ishlaydigan qurilmagacha bo'lgan to'liq yo'l sifatida o'rgatamiz.
Farzandingiz nimani o'rganadi?
Uzatmalar, richaglar, barqarorlik โ nima uchun bir konstruksiya ishlaydi, boshqasi yo'q.
Masofa, yorug'lik va harakat sensorlari: robot atrofni qanday 'sezadi'.
Harakatni aniq boshqarish: tezlik, burilish, to'xtash.
Blokli muhitdan boshlab, tayyor bo'lganda haqiqiy kod yozishgacha.
G'oya โ prototip โ sinov โ xatolarni tuzatish โ yaxshilangan versiya.
Loyihani birga qurish va uni boshqalarga taqdim qila olish.
Robototexnika kursi nima uchun kerak?
Kitobdagi formula qo'ldagi robotda ishlaganini ko'rgan bola fanni boshqacha tushunadi.
Robot ishlamasa โ sababni izlash kerak. Aynan shu ko'nikma hayotda eng ko'p asqotadi.
Birinchi urinishda chiqmasligi normal. Bola qayta urinishni o'rganadi.
Robot to'plamlari, detallar va jihozlar bizda โ qo'shimcha xarajat yo'q.
Narx va jadval
(Gelion chorrahasi, Mone Cafรฉ ro'parasida)